Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Jumladan, Toshkent shahrida yashovchi, 1975-yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zini “O‘zbekfilm” davlat unitar korxonasida mas’ul lavozimda ishlovchi shaxs sifatida tanishtirib, Toshkent viloyatidagi jazoni ijro etish muassasasida jazo o‘tayotgan mahkuma ayol hayotiga bag‘ishlangan ko‘p qismli serialni suratga olish uchun Kinematografiya agentligi huzuridagi Badiiy kengashda ishlovchi tanishlari orqali ruxsat olib berish evaziga 20 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli Janubiy kon boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Qo‘shrabot tumanida yashovchi 2 nafar fuqaroni ushbu kon boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 5 ming dollar olgan.

дхх, фирибгарлик

Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, mazkur shaxs 2023-yilning sentabr oyida “Zarmitan” koniga ishga joylashtirib qo‘yishini aytib, Qo‘shrabot tumanida istiqomat qiluvchi 4 nafar fuqarodan jami 9 ming dollar olgan va o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa konsalting firma rahbari o‘zining yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali poytaxtlik fuqaroga chet tilini bilish bo‘yicha milliy sertifikat olib berib, uni Toshkent davlat yuridik universitetining magistratura bosqichiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 3500 dollar olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda uchala shaxsga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

дхх, фирибгарлик