Farg‘ona shahrida Spark avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida ikki nafar yo‘lovchi vafot etdi, deya xabar bermoqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, holat 29-avgust kuni soat 03:30 atrofida Kirgili mavzesida sodir bo‘lgan. 19 yoshli haydovchi T.A. boshqaruvidagi Spark avtomobilini boshqarib ketayotib, keskin tormoz bosishi sababli boshqaruvni yo‘qotgan.

So‘ngra yo‘l chetida beton simyog‘ochga urilgan. Oqibatda avtomobil yo‘lovchilari — 19 yoshli Q.M. va Yu.A. hamda 18 yoshli E.Sh. va N.F. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan avtomobilda bo‘lgan ikki nafar 19 yoshli yo‘lovchi vafot etgan.