Farg‘ona viloyatida 4-sentabr kuni soat taxminan 18:00 da UzAuto Motors avtotreyleri YTHga uchradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Hodisaga haydovchining boshqaruvni yo‘qotgani sabab bo‘lgan, mashina yo‘ldan chiqib ketgan.

YTH oqibatida 8 ta Cobalt avtomobili zarar ko‘rgan, avtotreyler haydovchisi jarohatlanmagan, deyiladi xabarda.