Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida 3-sentabr kuni sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati ma’lum qildi.

YTH soat 17:10 atrofida Rabot mahallasidan o‘tuvchi Zomin-Jizzax yo‘nalishida yuz bergan. Nexia haydovchisi tezlikni me’yordan oshirib, quvib o‘tish qoidalarini buzgan va qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan.

Shu vaqtda u qarshisidan harakatlanib kelayotgan 41 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Lacetti bilan to‘qnashgan.

YTHda Nexia mashinasining 42 yoshli haydovchisi og‘ir jarohatlar bilan voqea joyida halok bo‘lgan. Undagi 66 yoshli yo‘lovchi esa shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.