Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan haydovchi halok bo‘ldi, deb xabar beradi viloyat YHXB axborot xizmati.

Lacetti mashinasining 61 yoshli haydovchisi Oqtepa mahallasidan o‘tgan yo‘lda harakatlanib ketayotganda sog‘ligi yomonlashgan va boshqaruvni yo‘qotgan.

Oqibatda avtomobil qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, kichik yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

YTHda Lacetti haydovchisi og‘ir jarohatlar bilan voqea joyida halok bo‘lgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.