Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida 11-sentabr kuni yuk mashinasi ag‘darilib ketdi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.

YTH soat taxminan 22:00 larda Chimyon mahallasi hududidagi ichki yo‘lda yuz bergan. Haydovchi O.A. (1995 y.t.) MAN TGS 41 yuk transport vositasida rul boshqaruvini yo‘qotib, ag‘darilib ketgan.

Hodisa vaqtida transport vositasida haydovchidan boshqa hech kim bo‘lmagan. Haydovchiga birinchi yordam ko‘rsatilgan, u jarohat olmagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda yuk mashinasi to‘liq pachoqlanganini ko‘rish mumkin.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.