Qashqadaryo tumanida “KamAZ”ning tirkamasi harakat vaqtida chiqib ketdi. Hodisa haqida viloyat YHXB ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2024-yil 15-sentabr kuni soat 13:20 larda Dehqonobod tumani “Dehqonobod” MFY hududidan o‘tgan M-39 Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining 83 kilometrida haydovchi X.X. boshqaruvida bo‘lgan “KamAZ” yuk avtomashinasining orqa tirkamasi chiqib ketgan.

Oqibatda tirkama harakat yo‘nalishi bo‘yicha oldinda qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan haydovchi A.Sh. boshqaruvida bo‘lgan boshqa “KamAZ” yuk avtomashinasini chap yon tomoniga, shuningdek, Labo avtomashinasining old tomoniga borib urilgan. Tirkama bundan tashqari yo‘l chetida turgan Cobalt’ning orqa tomoniga borib urilgan.

Hodisa sabab Labo haydovchisi tan jarohati olib tuman shifoxonasiga yotqizilgan. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari boshlangan.