16-sentabr, dushanba kuni ertalab Toshkentning Yangi O‘zbekiston ko‘chasida Cobalt avtomobili katta tezlikda yo‘l chetidagi temir to‘siqqa borib urildi. Zarba oqibatida mashina uchinchi qatordagi boshqa mashinaning orqa qismiga to‘qnashdi, haydovchi esa yon oynadan uchib chiqdi. Ijtimoiy tarmoqlarda voqea aks etgan videoregistrator tasvirlari tarqaldi.

Shu kuni kuchqurun poytaxt IIIB YHXB matbuot xizmati “boshqaruvni yo‘qotgan” 33 yoshli haydovchi jarohat olganini ma’lum qildi. Boshqarma haydovchilarni yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishga, tezlikni belgilangan me’yordan oshirmaslikka chaqirdi.

“Gazeta.uz” izoh olish uchun bog‘langan Toshkent shahri IIBB matbuot xizmati dastlabki tekshiruv ma’lumotlariga ko‘ra, Cobalt haydovchisi rulda uxlab qolganini ma’lum qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ilgari ko‘chada tezlikni ko‘rsatuvchi kameralar bo‘lgani, ammo so‘nggi paytlarda yo‘qolib qolgani haqidagi xabarlarga ham munosabat bildirildi. “Ba'zida shunday bo‘ladiki, eng o‘ng qatorda 60 km/soat tezlikda ketayotgan bo‘lasan, orqangdan esa kimdir miltillatadi”, — deb yozdi Kurbanoff.net kanali muallifi Shuhrat Qurbonov.

“Yo‘llarga kameralarni, birinchi navbatda, tezlikni o‘lchaydiganlarini qaytarish kerak. Men svetoforda qatorlar bilan to‘qnashuvlarni qayd qiluvchi kameralarning ahamiyatini bilmayman, balki ular ham kerakdir, lekin tezlikni o‘lchash kameralari juda muhim, ayniqsa bunday to‘g‘ri va tekis yo‘llarda”, — dedi u.

IIBBning ma’lum qilishicha, haydovchilar ma’lum nuqtalarni o‘rganib olmasligi uchun ushbu ko‘chada ko‘chma radarlar qo‘llanmoqda. Mobil radarlar kechayu-kunduz ishlaydi, ularning joylashuvi vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, deya ta’kidladi boshqarma.