Samarqand shahrida 23-sentabr kuni voyaga yetmagan velosipedchini mashina urib yubordi. Bu haqda viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar qildi.
YTH soat 19:10 lar atrofida Afrosiyob ko‘chasida sodir bo‘lgan. Tracker-2 haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan velosipedchini (2012 y.t.) urib yuborgan.
Oqibatda velosipedchi jarohat bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.