25-sentabr kuni Toshkent shahrida yo‘l-transport hodisalari oqibatida ikkita mashina yonib ketdi. Bu haqda shahar yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar bermoqda.

Birinchi holat soat 14:30 larda Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasida yuz bergan. Matiz va Nexia-3 avtomashinalari to‘qnashuvi oqibatida Nexia-3 da yong‘in yuzaga kelgan.

mashinada yong‘in, toshkent, yth

YTH oqibatida Matiz haydovchisi birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

mashinada yong‘in, toshkent, yth

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ikkinchi, Yashnobod tumanidagi holatda Lacetti transport vositasi yonib ketgan (surat eng yuqorida). Ma’lum bo‘lishicha, holat 18:30 larda Mahtumquli ko‘chasida sodir bo‘lgan.

Yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. YTH oqibatida hech kim jarohatlanmagan.

Hozirda surishtiruv ishlari boshlandi, yong‘in yuzaga kelish sabablari o‘rganilmoqda.