Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida 23-sentabr kuni Lacetti va Malibu-2 mashinalari to‘qnashdi. Bu haqda shahar yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar qildi.

YTH soat 21:30 larda Yusuf Xos Hojib ko‘chasida yuz bergan. Haydovchilar — 2002-yilda tug‘ilgan A.K. va 1996-yilda tug‘ilgan M.Q.

To‘qnashuv oqibatida ushbu haydovchilar hamda Lacetti mashinasi yo‘lovchisi (1951 y.t.) X.T. birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodan ko‘rish mumkinki, Malibu katta tezlikda harakatlanib, Lacetti’ga urilgan.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. YHXB yo‘l harakati qatnashchilaridan qoidalarga rioya qilish va tezlikni me’yordan oshirmaslikni so‘radi.