Toshkent shahrida ikki avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati.

25-sentabr kuni soat 06:45 larda, “12-avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi 117-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi, haydovchisi A.Y. boshqaruvidagi Yutong avtobusi Yangihayot tumani Xonabod ko‘chasidan Quruvchilar ko‘chasiga burilayotganda, “1-avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi 55-sonli yo‘nalish, haydovchisi Sh. Sh. boshqaruvidagi avtobus bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Ma’lumotga ko‘ra, ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q, avtobuslar texnik shikastlangan.

Sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan “Toshshahartransxizmat” Harakat xavfsizligini nazorat qilish bo‘limi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi belgilangan. Ushbu yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahri IIBB YHXB inspektorlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.