Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida 24-sentabr kuni inson o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar qildi.

YTH soat 16:30 larda “Dahbed” MFY hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lida yuz bergan. Nexia haydovchisi boshqaruv paytida yo‘l chetida to‘xtab turgan Kögel tirkamasining orqa qismiga borib urilgan.

Oqibatda Nexia haydovchisi jarohatlar bilan shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.