Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida Lacetti boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida Nexia bilan to‘qnashdi. Oqibatda 8 kishi jarohatlandi, deb xabar qildi viloyat ichki ishlar boshqarmasi.

YTH soat 21:40 larda Ko‘kdala — Kattaqishloq avtomobil yo‘li 10-kilometrida sodir bo‘lgan. Lacetti avtomashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. Ro‘parasidan kelayotgan Nexia’ga yo‘l bermay, u bilan to‘qnashuv yuzaga keltirgan.

ko‘kdala, yth, ythda o‘lim

Holat oqibatida jami 8 kishi jarohatlangan. Xususan, Lacetti’dagi 5 nafar yo‘lovchidan (1998-yilda tug‘ilishgan, barchasi sinfdosh bo‘lgan) 3 nafari vafot etgan.

Nexia mashinasidagi 1 nafar yo‘lovchi ham halok bo‘lgan. Haydovchi va orqa o‘rindiqdagi yo‘lovchi esa shifoxonada davolanmoqda. Yana ikki nafar jabrlangan inson jonlantirish bo‘limida, deyiladi xabarda.