Samarqand shahrida yuk mashinasi va 7 ta transport vositasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, holat 1-oktabr kuni soat 18:15 atrofida sodir bo‘lgan. Shahar hududidan o‘tuvchi M-37A avtomobil yo‘lining 42 kilometrida “KamAZ” harakatlanib kelayotib tormoz qismida nosozlik yuzaga kelgan.
Shundan so‘ng o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 7 ta avtomobilning ortidan borib urilgan. Hodisa oqibatda tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q.
Holat yuzasidan YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.