Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida 2-oktabr kuni odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. To‘qnashuv sodir etgan ikkala mashina ham Surxondaryo viloyatiga tegishli bo‘lgan, deb xabar berdi viloyat YHXB.

Tumandan o‘tgan M-39 yo‘lida Cobalt mashinasi haydovchisi (2001 y.t.) harakat vaqtida uxlab qolgan va o‘zi bilan bir yo‘nalishdagi “ZIL"ning chap burchagiga borib urilgan.

YTH oqibatida haydovchi voqea joyida halok bo‘lgan. Mashinadagi yo‘lovchilar esa og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.