Toshkent shahri Uchtepa tumanida 7-oktabr kuni 5 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar berdi YHXB axborot xizmati.
YTH soat 22:10 larda Lutfiy ko‘chasida yuz bergan. Holat ishtirokchilari: Nexia-3 (haydovchi 2000-yilda tug‘ilgan), Lacetti (1990 y.t.), Lacetti (1984 y.t.), Spark (1994 y.t.), Yutong (1976 y.t.).
To‘qnashuv oqibatida jarohat olganlar yo‘q.
Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari boshlandi.