Samarqand viloyati Narpay tumani 5-oktabr kuni yo‘l chetidan yugurib chiqqan ayol Damas mashinasi urib yuborishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar qildi.
Holat tunda Dedan mahallasi hududidan o‘tgan yo‘lda sodir bo‘lgan. Avtomobil yo‘lning belgilanmagan joyidan chiqib kelgan fuqaroni urib ketgan.
YTH oqibatida u tuman tibbiyot birlashmasida halok bo‘ldi.
“Men Samarqand yo‘nalishida ketayotgandim. Yo‘l chetida 4−5 kishi janjallashib turgan ekan. Yoniga borganimda o‘rtasidan bir ayol kishi chiqib, o‘zini otib yubordi mashinaga qarab. Mashinamni yo‘l chetiga o‘tkazib, to‘xtatib, u kishini ko‘tarib, yordamlashib yuborishdi ortishga, “bolnitsa"ga olib bordim. Yarim soatlardan keyin joni uzildi”, — dedi haydovchi.