Qashqadaryo viloyatida Gentra va Nexia avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat YXXB xabar qildi.
Voqea 14-oktabr kuni soat 18:20 larda Nishon tumani “Samarqand” MFY hududidan o‘tuvchi 4R-89 Qarshi-Nishon-Tallimarjon-Gres avtomobil yo‘lining 30-kilometrida sodir bo‘lgan. Unda quvib o‘tish qoidalarini buzib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan Gentra o‘z yo‘nalishida kelayotgan Nexia bilan to‘qnashgan.
Oqibatda Nexia haydovchisi jarohat olib vafot etgan. Transport vositalarida bo‘lgan yo‘lovchilar esa shifoxonada yotqizilgan.