Toshkent shahri Yunusobod tumanida 31-oktabr kuni Nexia 3 mashinasi yonib ketdi, deb xabar bermoqda yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.
Holat soat 21:50 larda Ahmad Donish ko‘chasida yuz bergan. Haydovchi A.A. (2004 y.t.) rul boshqaruvini yo‘qotib, beton bordyurga urilgan. Oqibatda avtomashinada yong‘in kelib chiqqan.
Guvohlarning aytishicha, voqea joyiga o‘t o‘chirish brigadasi 7−8 daqiqa ichida yetib kelgan. Ijtimoiy tarmoqdagi videolarda esa yong‘inni o‘chirishga beton aralashtirgich haydovchisi ham yordam berayotganini ko‘rish mumkin.
Yong‘in FVV xodimlari tomonidan o‘chirildi, YTHda hech kim jarohatlanmadi, deb yozdi YHXB matbuot xizmati.