Toshkent shahri Yunusobod tumanida 5-noyabr kuni mashina yo‘lni belgilangan joydan kesib o‘tayotgan fuqaroni urib ketdi. Bu haqda yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi.

YTH soat 13:10 larda Osiyo ko‘chasida yuz bergan. Haydovchi B.N. (2000 y.t.) Matiz avtomobilini boshqarish jarayonida tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan X.S.ni (1941 y.t.) urib yuborgan.

️Oqibatda piyoda jarohat bilan shifoxonaga olib ketilgan. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.