Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida 8-noyabr kuni yo‘l-transport hodisasida yo‘lovchi jarohat oldi, deb xabar bermoqda viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.
YTH soat 12:30 larda Toshkentlik guzar mahallasi hududidan o‘tgan “Farg‘ona halqasi” avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Matiz haydovchisi svetoforning yashil ishorasida chorraha ichiga kirib, chapga qayrilib yuborishi oqibatida qarshisidagi Lada’ga urilgan.
Oqibatda Vesta avtomobili yo‘lovchisi K.T. (1944 y.t.) shifoxonaga yotqizilgan.