Toshkent shahri Shayxontohur tumanida 18-noyabr kuni Traverse va Equinox to‘qnashdi. Bu haqda shahar yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar qildi.

Holat soat 08:40 larda Alisher Navoiy ko‘chasidagi “Asalari uyushmasi” qarshisida yuz bergan. YTH oqibatida Traverse mashinasidagi ikki nafar yo‘lovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari boshlandi.

Bundan tashqari, shu kuni soat 14:30 larda Yashnobod tumani Ohangaron ko‘chasida 4 ta mashina to‘qnashgan. Ishtirokchilar:

  • Damas — haydovchi 2002 y.t.;
  • Monza — haydovchi 1995 y.t.;
  • Onix — haydovchi 1987 y.t.;
  • BYD — haydovchi 1995 y.t.

YTH oqibatida jarohat olganlar yo‘q.