Xabar yangilandi.

Qo‘shimcha 1: Soat 23:05 da ma’lumot Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmati tomonidan tasdiqlandi.

Qo‘shimcha 2: Yakshanba kuni prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Abdusalom Azizov “prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati ixtiyoriga o‘tkazilganini” xabar qildi.

O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimidan ozod etilgan general-leytenant Abdusalom Azizov prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi ixtiyoriga o‘tkazilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.uz” manbasi xabar berdi.

U 2019-yil fevralidan beri DXXga rahbarlik qilib kelayotgandi.

Mudofaa vaziri lavozimida ishlagan general-leytenant Bahodir Qurbonov prezident farmoni bilan O‘zbekiston DXX raisi etib tayinlandi.

Abdusalom Azizov unga qaysi lavozimda ishlash buyurilmasin, xalq va prezidentga sodiq qolib ishlashga tayyor ekanini ta’kidladi, dedi manba.