Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida avtomobilda yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 24-noyabr kuni soat 23:58 da FVBga tumanning Sho‘rtepa 2-tor ko‘chasida avtomobilda yong‘in kelib chiqqani haqida xabar kelib tushgan. Yong‘in-qutqaruv texnikalari manzilga soat 00:03 da yetib borib, u soat 00:07 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. YHXB xabariga ko‘ra, Spark haydovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.