Toshkent shahri Chilonzor tumanida 24-noyabr kuni Lacetti va skuter ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 01:10 atrofida KHAY-Qatortol ko‘chalari kesishmasida sodir bo‘lgan. 1971-yilda tug‘ilgan haydovchi D.J. boshqaruvidagi Lacetti 2004-yilda tug‘ilgan D.A. boshqaruvidagi skuter bilan to‘qnashgan.
YTH oqibatida skuter transport vositasining haydovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan. Mazkur holat yuzasidan YHXB ma’sul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.