O‘zbekiston Respublikasi IIV va DXX xodimlari tomonidan xalqaro terrorchilik tashkilotlari safiga ko‘shilmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi, deya xabar qildi IIV axborot xizmati.
Qayd etilishicha, olib borilgan tezkor surishtiruvlar davomida, 2007-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan K.I. internet tarmog‘ida ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushishi oqibatida 16 nafar yaqin tanishlari bilan noqonuniy yig‘ilib, kelgusida xorijda faoliyat olib borayotgan “Islom davlati” (ISHID) xalqaro terrorchilik tashkilotlari safiga qo‘shilishni rejalashtirgani aniqlandi.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-moddasi (Ommaviy tartibsizliklar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.