Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida 28-noyabr kuni 5 ta mashina to‘qnashib ketdi. Bu haqda shahar YHXB matbuot xizmati xabar berdi.
Holat soat 16:10 larda Mustaqillik va Movarounnahr ko‘chalari kesishmasida yuz bergan. YTHga bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan avtomobillarning oraliq masofa qoidalariga amal qilmagani sabab bo‘lgan.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga ko‘ra, buning ortidan shahar markazida katta tirbandlik yuzaga kelgan.
Ishtirokchilar:
- Hongi EQM 5 (haydovchi 1958 y.t.);
- Cobalt (1994);
- Tracker 2 (1988);
- Nexia 3 (1998);
- Onix ️(1982).
YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari boshlandi.