Toshkent shahri Yunusobod tumanida avtobus va ikkita yengil avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Poytaxt YHXB xabariga ko‘ra, voqea Bobodehqon ko‘chasida sodir bo‘lgan. 8-dekabr kuni Tracker-2 Matiz va avtobus bilan to‘qnashib ketgan.

YTH oqibatida Tracker`ning haydovchisi va bir nafar yo‘lovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

Holat yuzasidan IIBB IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.