Toshkent shahri Shayxontohur tumanida 11-dekabr kuni ikki mashina to‘qnashuvida haydovchilardan biri halok bo‘ldi. Bu haqda shahar yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
YTH soat 20:20 larda Ko‘kcha darvoza ko‘chasi hududida sodir bo‘lgan. R.K. (1988 y.t.) boshqaruvidagi BYD va A.X. (2006 y.t.) boshqaruvidagi Equinox mashinalari to‘qnashgan.
Oqibatda Equinox’ning 18 yoshli haydovchisi shifoxonada vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Odam o‘limi bilan tugagan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.