Samarqand shahrida voyaga yetmagan bola boshqaruvidagi Spark piyodani urib yubordi, deya xabar bermoqda viloyat IIB axborot xizmati.

Qayd etilishicha, holat shaharning Sadriddin Ayniy ko‘chasida sodir bo‘lgan. Shahardagi 5-maktabning 10-sinf o‘quvchisi uyda turgan mashinani so‘roqsiz minib chiqib ketgan.

Yo‘lda u piyodani urib yuborgan. Oqibatda 51 yoshli erkak og‘ir tan jarohatlari olib vafot etgan.