Toshkent shahri yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi haqida ma’lumot berdi.

21-yanvar kuni soat 09:40 larda “GAZ-32221” mashinasi haydovchisi O.S. (1965 y.t.) Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyoda D.T.ni (1993 y.t.) urib ketgan.

So‘ng rul boshqaruvini yo‘qotib, haydovchi Z.Z. (1990 y.t.) boshqaruvidagi BYD bilan to‘qnashgan. U esa zarbdan Matiz’ga borib urilgan (haydovchi — 1954 y.t. R.T.).

YTH oqibatida piyoda voqea joyida halok bo‘lgan.

ytҳ, ytҳда ўлим, 2025 yилда ўлим bilan tugagan ytҳлар

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Odam o‘limi bilan tugagan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, tergov boshlandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda hudud aholisining xabar berishicha, ko‘chaning YTH yuz bergan qismida “peshexod” mavjud emas. Oqibatda piyodalar muntazam ravishda belgilanmagan joylardan kesib o‘tishga majbur.

ytҳ, ytҳда ўлим, 2025 yилда ўлим bilan tugagan ytҳлар

Hudud aholisi mahalliy hokimiyat organlaridan harakat xavfsizligini oshirish va kelgusida bunday hodisalarning oldini olish maqsadida ushbu manzilga hech bo‘lmaganda tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyini o‘rnatishni so‘ramoqda.