Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi tuzilmalari 27−31-yanvar kunlari O‘zbekiston bo‘ylab keng ko‘lamli “Antiterror-tozalash” tadbirlarini o‘tkazdi, xabar qildi DXX matbuot xizmati.

“Kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va unga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi shaxs va jinoiy guruhlarni aniqlash”ga qaratilgan jami 946 ta maxsus tadbir o‘tkazildi.

“Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etishga moyil, respublikadagi kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi 418 nafar shaxslar aniqlanib, ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi”, — deyiladi xabarda.

Mazkur jinoyat ishlari doirasida 169 nafar shaxs qamoqqa olinib, 42 ta jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Yana 399 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, shundan 270 nafari ma’muriy qamoqqa olindi. Shuningdek, qidiruvda bo‘lgan 109 nafar shaxs ushlandi.

536 nafar shaxs bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, 402 nafari rasmiy ogohlantirildi.

“Antiterror-tozalash” tadbirlari davomida 80 ta qurol o‘q-dorilari bilan, 30 kilogramm 337 gr narkotik modda, 4521 ta kuchli ta’sir etuvchi dori vositasi, 186 dona pichoq, 22 dona bita, 17 dona kastet olib qo‘yildi.

Foto

jinoyat, антитеррор-tozalash, дхх, иив

jinoyat, антитеррор-tozalash, дхх, иив

jinoyat, антитеррор-tozalash, дхх, иив

jinoyat, антитеррор-tozalash, дхх, иив

jinoyat, антитеррор-tozalash, дхх, иив

jinoyat, антитеррор-tozalash, дхх, иив

Video