Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida ikki yigit yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda MY5 telekanalining Hudud dasturida xabar berildi.
Qayd etilishicha, hodisa 30-yanvar kuni soat 17:00 atrofida shaharning Nasaf ko‘chasida sodir bo‘lgan. 19 yoshli yigit ikki nafar do‘sti bilan birga Nexia-3 boshqarib kelayotgan vaqtida drift qilishga uringan, biroq tezlikni to‘g‘ri baholay olmagan.
Oqibatda u rul boshqaruvini yo‘qotib yo‘l chetidagi daraxtga urilgan. Zarba kuchli bo‘lganidan avtomashina salonida bo‘lgan ikki nafar 19 yoshli yigit voqea joyida vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.