Toshkent shahri Shayxontohur tumanida 7-fevral, jumaga o‘tar kechasi Jizzax viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan Gentra haydovchisi (raqami 25 A 888 MA) janjal paytida bir guruh odamlarni bosib ketmoqchi bo‘ldi.

Poytaxt YHXB xabariga ko‘ra, holat tumanning Taxtapul ko‘chasida taxminan soat 03:20 da sodir bo‘lgan. Videoda qasddan urib yuborishga urinishdan so‘ng ikki kishi avtomobilning old oynasiga tosh otib, uni sindirgani ko‘rish mumkin.

janjal, йтҳ

Boshqarma barcha fuqarolar tuman ichki ishlar bo‘limiga topshirilgani (ularning soni aytilmagan), holat boyicha avtomashina jarima maydoniga joylashtirilganini ma’lum qildi.

Hozirda tuman IIO tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda va holat bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinadi, deyiladi xabarda.