Sirdaryo viloyati prokurori katta yordamchisi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari bilan ushlandi, deya xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati.
Toshkent viloyati Zangiota tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mansabdorning boshqaruvida bo‘lgan Spark avtomashinaci to‘xtatilgan va ko‘zdan kechirilgan. Unda 50 dona “Zardeks” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Tezkor tadbir davom ettirilib, prokurori yordamchisiga mazkur dori vositalarini sotgan Camarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida yashovchi 27 yoshli fuqaro Toshkent shahrida qo‘lga olingan. Undan ham 300 dona “Zardeks” ashyoviy dalil sifatida olingan.
Ushbu dori vositalari Qirg‘izistondan noqonuniy yo‘llar bilan olib kelingan, deyiladi xabarda. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.