Samarqand viloyati Payariq tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi tufayli ikki kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda viloyat YHXB.
Qayd etilishicha, hodisa 2-fevral kuni soat 10:30 atrofida Guliston mahallasidan o‘tgan yo‘lda sodir bo‘lgan. Cobalt haydovchisi xavfli burilish paytida boshqaruvni yo‘qotgan va qarama-qarshi tomondan kelayotgan “KamAZ” yuk mashinasining yo‘liga chiqib ketib to‘qnashgan.
Oqibatda Cobalt haydovchisi va yo‘lovchisi shifoxonaga yotqizilgan. Biroq shifokorlarning yordamiga qaramasdan ular vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.