Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida 31-yanvar kuni Damas haydovchisi o‘zi bilan bir yo‘nalishda ketayotgan velosipedchini urib yubordi, deyiladi Milliy telekanalining Millar dasturi lavhasida.

Ma’lum bo‘lishicha, yo‘l-transport hodisasi soat 20:00 atrofida tumandan o‘tgan 4M-11 avtoyo‘lida sodir bo‘lgan. Mashinani tegishli hujjatsiz boshqargan haydovchining urib yuborishi oqibatida velosipedchi voqea joyida halok bo‘lgan.

Holat yuzasidan Bog‘ot tumani tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv harakatlari boshlandi.