Samarqand viloyati Jomboy tumanida haydovchilik guvohnomasisiz mashina boshqargan 17 yoshli o‘smir yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda viloyat YHXB.

Qayd etilishicha, hodisa 12-fevral kuni soat 12:30 atrofida sodir bo‘lgan. 54-maktabning 11-sinf o‘quvchisi tumanning Nogahon mahallasidan o‘tgan yo‘lda Lacetti mashinasini haydab, boshqaruvni yo‘qotgan.

So‘ngra mashina yo‘l chetiga chiqib ketgan va daraxtga urilgan. Oqibatda yigit og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan. Biroq ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan u shifoxonada vafot etgan.