Juma kuni kechqurun Toshkent shahrining Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab eni 10 yo‘lakli chorrahadagi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyida yana bir kishini mashina urib yubordi.

Taxminan 19:50 da Oloy bozori yonidagi chorrahadan o‘tayotgan “Gazeta.uz” o‘quvchisi videoregistratorida yerda yotgan kichkina jismni, ehtimol, bolani tasvirga oldi.

Jabrlanuvchining ahvoli noma’lum, rasmiy idoralar tragediya haqida hozircha izoh bermadi.

“Gazeta.uz” 2021-yilda xuddi shu chorrahada kamida bitta halokatli to‘qnashuv sodir bo‘lganidan xabardor.

  • 15-fevral kuni yana bir tartibga solinmagan o‘tish joyida — ushbu favqulodda vaziyat joyidan unchalik uzoq bo‘lmagan hududda — Spark haydovchisi ayol va uning ikki voyaga yetmagan bolasini bosib ketgandi. Ona va qiz og‘ir yaralangan. YHXB faqat ayol yaralanganini ma’lum qildi. IIV va SSV jabrlanuvchilarning ahvoli haqidagi so‘rovlarni faqat bir-biriga yo‘naltirish bilan shug‘ullandi.
  • Baxtiz hodisadan so‘ng, YHXX joriy etilishi yo‘l harakati qatnashchilari uchun xavfsizlik talablarining buzilishiga olib kelgan “orolchalar” belgilarini shoshilinch ravishda olib tashlashni boshladi.
  • Oradan bir-ikki kun o‘tib YHXX ko‘chadagi barcha belgilarni olib tashladi va yo‘laklarni qayta belgilay boshladi, biroq uquvsiz tarzda — qariyb ikkita mashina sig‘adigan keng yo‘laklar haydovchilarni tartibsiz haydashga undadi. “Gazeta.uz” bu xatti-harakatlarni tanqid qilib, zudlik bilan svetofor o‘rnatishga chaqirdi.
  • Shu kuni o‘tish joyiga svetoforlar o‘rnatila boshlandi. YHXX nihoyat bu yerda to‘liq chorraha qilinishi mumkinligini aytdi (ko‘p yillar oldin hammasini to‘g‘ri bajarishga nima to‘sqinlik qilgani noma’lum). Shuningdek, ular “orolchalar” zarur bo‘lgani, ammo noto‘g‘ri belgilanganini tan oldi.
  • Yana bir baxsiz hodisa juma — “Yo‘l harakati qoidalari targ‘iboti kuni” sodir bo‘ldi. Bu haqda xabar berarkan, IIV YHXX matbuot xizmati respublika bo‘ylab YHXX xodimlari yo‘llarda faol tarzda xulq-atvor madaniyatini oshirishga qaratilgan tushuntirish tadbirlari olib borayotganini ma’lum qildi. Haydovchilar o‘rtasidagi xushmuomalalik qoidalariga, shuningdek, velosipedchilar va skuter haydovchilarining xavfsizligiga, ta’kidlanishicha, alohida e’tibor qaratilgan. Boshqacha aytganda, YHXX yo‘llardagi vaziyatni o‘zgartirish ehtimoli deyarli nolga teng bo‘lgan ishlar bilan shug‘ullangan.
  • YHXX ko‘p yillar davomida O‘zbekistonda ko‘cha va yo‘llar xavfsiz holatga keltirilmagani, ko‘pincha rahbarlar tashabbusi bilan ilmiy yondashuvlar va xalqaro tajribaga e’tibor berilmay, zararli yechimlar joriy etilayotganini tan olishdan bosh tortdi. Ko‘rib chiqilayotgan o‘tish joyida YHHB yaqinda “innovatsion” belgilarni qo‘llagandi, ammo ular ishlamasligi darhol ma’lum bo‘ldi. Xizmat yo‘llardagi kundalik o‘lim va jarohatlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishdan bosh tortishda davom etmoqda.
  • Bu safar “Gazeta.uz” YHXX va hokimlikni hech narsaga chaqirmaydi. So‘nggi bir necha yilda birinchi tashkilot tanqidlarga umuman javob bermay keldi. U Nikita Makarenkoning “YHXB kerak emas” maqolasidan so‘nggina jurnalistlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazgan, chora ko‘rishga va’da bergandi, ammo mavjud muammolarga yondashuvda baribir deyarli hech narsa o‘zgarmadi.