Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida 24-fevral kuni 5 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, Toshrabot qo‘rg‘onidan o‘tuvchi davlat ahamiyatiga ega avtoyo‘lda haydovchi N.U. Malibu’da ichki ko‘chadan chiqayotganda birinchi darajali yo‘ldagi haydovchi N.D.ning Nexia-3 avtomobiliga urilgan.
Buning oqibatida ular yo‘l chetidagi Damas, Nexia-3 va Lacetti mashinalari bilan to‘qnashgan.
YTHda hech kim jarohat olmagan. Dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.