Arxiv

Zelenskiy AQSh bilan foydali qazilmalar bo‘yicha shartnoma imzolashdan bosh tortdi — WP
Bugun, 00:35

Zelenskiy AQSh bilan foydali qazilmalar bo‘yicha shartnoma imzolashdan bosh tortdi — WP

Vladimir Zelenskiy AQShga Ukraina mineral resurslarining 50 foiziga egalik qilish huquqini beruvchi hujjatni imzolashdan “xushmuomalalik bilan” bosh tortdi. Tramp avvalroq AQSh tinchlik kelishuvi muvaffaqiyatli bo‘lishidan qat’i nazar, Ukraina tabiiy resurslaridan foydalana olishi kerakligini aytgandi.

Nima tayyorlaymiz: pishloqli pishiriqlar
Kecha, 23:32

Nima tayyorlaymiz: pishloqli pishiriqlar

Tovada pishiriladigan kartoshka va pishloqli non, pishloqli blinchiklar, ajarcha hachapuri va pishloqli pishiriqlarning boshqa retseptlari — Zira.uz jamlanmasida.

Xorazmda Damas urib yuborgan velosipedchi halok bo‘ldi
Kecha, 23:30

Xorazmda Damas urib yuborgan velosipedchi halok bo‘ldi

Xorazmning Bog‘ot tumanida Damas bir yo‘nalishdagi velosipedchini urib ketishi oqibatida jabrlanuvchi voqea joyida halok bo‘ldi. Haydovchi mashinani tegishli hujjatsiz boshqargan.

14-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
Kecha, 22:05

14-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Prezidentning yoshlar bilan uchrashuvi yakunlari, biznes muhitiga nisbatan kamroq optimist tadbirkorlar, metan zapravkalarga gazni vaqtincha cheklash chorasi, AQShdan Panamaga deportatsiya qilingan o‘zbekistonlik migrantlar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Toshkent viloyatida zapravka 11,4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Kecha, 21:58

Toshkent viloyatida zapravka 11,4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Toshkent viloyati Bekobod shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, 11,4 mlrd so‘mlik zarar yetkazgan avtomobillarga gaz to‘ldirish shohobchasi egalariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Telegram’da “Alisher Usmonov aksiyasi” nomli 200 dan ortiq guruh ochib, firibgarlik bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
Kecha, 21:41

Telegram’da “Alisher Usmonov aksiyasi” nomli 200 dan ortiq guruh ochib, firibgarlik bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi

Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi uyda 18−25 oralig‘idagi 7 nafar yigit Telegram messenjerida milliarder Alisher Usmonov nomidan soxta “aksiya” tashkillashtirib, fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirib kelgani aniqlandi.

Prezident yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning yangi choralarini ma’lum qildi
Kecha, 21:18

Prezident yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning yangi choralarini ma’lum qildi

Yoshlar sanoat zonalarida bino oladigan yosh tadbirkorlarga uskunalar sotib olish uchun 500 ming dollargacha imtiyozli kredit ajratiladi. Mamlakat hududlarida ijodiy sanoat parklari paydo bo‘ladi. “Bir million dasturchi” loyihasiga qo‘shimcha 300 ming yosh jalb etiladi.

O‘zbekistonda biznes optimizmni yo‘qotmoqda: tadbirkorlar energetika muammolaridan shikoyat qilmoqda
Kecha, 20:48

O‘zbekistonda biznes optimizmni yo‘qotmoqda: tadbirkorlar energetika muammolaridan shikoyat qilmoqda

MB so‘rovi ko‘rsatdiki, tadbirkorlar ishbilarmonlik muhitini nisbatan pessimistik baholamoqda. To‘rtinchi chorakda o‘rta va yuqori quvvatdagi kompaniyalar ulushi 50% gacha kamaydi — bu 1,5 yildagi minimum. Asosiy sabab — gaz va elektr ta’minotidagi uzilishlar. Yaxshilanish kutilmasi 62% dan 56% gacha tushdi.

O‘zbekistonda elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi: ekologik chorami yoki savdoga to‘siq?
Kecha, 20:10

O‘zbekistonda elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi: ekologik chorami yoki savdoga to‘siq?

1-maydan import elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi miqdori sezilarli oshadi. Investitsiyalar vazirligi vakili Inomjon Abdurahmonov buni akkumulyatorlarni qayta ishlash infratuzilmasini yaratish va mahalliy avtosanoatni qo‘llab-quvvatlash zarurati bilan izohladi. “Gazeta.uz” uning dalillarini o‘rgandi.

Kam ta’minlangan oilada hech bo‘lmaganda bitta farzand oliy ma’lumotli bo‘lishi zarur — prezident
Kecha, 19:40

Kam ta’minlangan oilada hech bo‘lmaganda bitta farzand oliy ma’lumotli bo‘lishi zarur — prezident

Kam ta’minlangan oila farzandlariga ta’lim uchun foizsiz kredit beriladi va ta’lim xarajatlarining bir qismi qoplanadi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardagi iqtidorli talabalarni xorijga yuborish loyihasi ham yo‘lga qo‘yiladi. Bularning barchasini ta’lim orqali qashshoqlikni kamaytirish maqsadi birlashtiradi.

AQSh osiyolik 120 ga yaqin migrantni, jumladan, o‘zbekistonliklarni Panamaga deportatsiyaladi
Kecha, 19:29

AQSh osiyolik 120 ga yaqin migrantni, jumladan, o‘zbekistonliklarni Panamaga deportatsiyaladi

AQSh Osiyo davlatlari, jumladan, O‘zbekistondan kelgan 119 migrantni Panamaga deportatsiyaladi. Chegarani noqonuniy kesib o‘tgach hibsga olingan ushbu muhojirlar vatanlariga yuboriladi. AQSh elchixonasi xodimining “Gazeta.uz”ga bildirishicha, Tramp hokimiyatga kelgach, davlatlar bu sa’y-harakatlarni kuchaytirgan.

Toshkentda yil oxirigacha 452 ta eskirgan lift almashtiriladi
Kecha, 19:03

Toshkentda yil oxirigacha 452 ta eskirgan lift almashtiriladi

Yil davomida Toshkent shahrida ko‘p qavatli uylardagi 452 ta eskirgan lift almashtiriladi — bu foydalanish muddati allaqachon tugagan liftlarning 22 foizidan biroz ko‘proq. Xavfsizlik darajasi past va xizmat muddati allaqachon 25 yildan oshgan qurilmalarga ustuvorlik beriladi.

O‘zbekistonda yoshlar ishsizligiga qarshi kurash yangi bosqichga ko‘tariladi — prezident
Kecha, 17:48

O‘zbekistonda yoshlar ishsizligiga qarshi kurash yangi bosqichga ko‘tariladi — prezident

Prezident yoshlar o‘rtasidagi yuqori ishsizlikning salbiy oqibatlari haqida ogohlantirdi. Bu muammoni hal qilish uchun ishsizlikka qarshi kurash yangi bosqichga ko‘tariladi. Mahalla bankirlari yangi kredit mahsulotlari hisobiga 250 ming kishini daromadli qilishi reja qilinmoqda.

Sirdaryodagi maktabda o‘quvchining onasi o‘qituvchini kaltakladi
Kecha, 17:45

Sirdaryodagi maktabda o‘quvchining onasi o‘qituvchini kaltakladi

Sirdaryo tumanidagi maktablardan birida o‘quvchining onasi pedagogni haqoratlab, unga nisbatan kuch ishlatdi. Keyinroq ayol uzr so‘rab chiqdi, unga nisbatan tegishli chora ko‘rildi.

2020-yildan beri yoshi kichraytirilgan 8 nafar futbolchi aniqlandi — PFL
Kecha, 17:10

2020-yildan beri yoshi kichraytirilgan 8 nafar futbolchi aniqlandi — PFL

O‘zbekiston Professional futbol ligasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda 2020-yildan beri yoshi kichraytirilgan jami 8 nafar futbolchini aniqlagan. Liga raqamlashtirish sohasidagi islohotlar tufayli bunday muammolarni yaqin yillarda butkul yo‘q qilishga ishonch bildirdi.

“Amerika uchun ko‘proq biznes”. Tramp xorijlik amaldorlarga pora berishni taqiqlovchi qonunni qo‘llashni to‘xtatdi
Kecha, 16:41

“Amerika uchun ko‘proq biznes”. Tramp xorijlik amaldorlarga pora berishni taqiqlovchi qonunni qo‘llashni to‘xtatdi

Donald Tramp Xorijda korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunning amal qilishini to‘xtatish bo‘yicha topshiriq berdi. Hujjat amerikaliklar o‘z biznesi yo‘lida xorijlik davlat xizmatchilariga pora berishni taqiqlashni nazarda tutadi. “Bu Amerika uchun ancha ko‘proq biznesni anglatadi”, — dedi Tramp.

“Aloqabank” biznes loyihalarni qo‘llab-quvvatlovchi “yoshlar banki”ga aylantiriladi
Kecha, 15:20

“Aloqabank” biznes loyihalarni qo‘llab-quvvatlovchi “yoshlar banki”ga aylantiriladi

“Aloqabank” 200 mln dollar hisobiga yoshlarning biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlovchi “yoshlar banki”ga aylantiriladi. Bank ayrim yosh tadbirkorlarga 7 yil muddatga 5 mlrd so‘mgacha imtiyozli kredit ajratadi. Milliy bankka oliygoh bitiruvchilari bandligini ta’minlash uchun 100 mln dollar resurs beriladi.

“Barcha tizimdagi rahbarlar yoshlarning ovozini eshitishga majbur” — Shavkat Mirziyoyev
Kecha, 14:57

“Barcha tizimdagi rahbarlar yoshlarning ovozini eshitishga majbur” — Shavkat Mirziyoyev

“Endi barcha tizimdagi rahbarlar yoshlarning baralla ovozini eshitishga majbur. Yoshlar buyuk kelajagimizning asosiy bo‘g‘ini ekanligini tushunmagan rahbar bizning safimizda bo‘lishga haqqi yo‘q”, — dedi O‘zbekiston prezidenti yoshlar bilan uchrashuvda.

2024-yilda “Yoshlar daftari” orqali 345 mlrd so‘mlik yordam ko‘rsatildi
Kecha, 14:47

2024-yilda “Yoshlar daftari” orqali 345 mlrd so‘mlik yordam ko‘rsatildi

O‘zbekistonda 2024-yilda “Yoshlar daftari” orqali 180 ming nafar yoshlarga 345 milliard so‘mlik yordam ko‘rsatildi. Ishsiz yoshlar 2 karra kamayib, ishsizlikdan xoli mahallalar soni 1 ming 889 taga yetdi.

Yutong Toshkentga yana 200 ta elektrobus yetkazib berish bo‘yicha tenderda g‘olib chiqdi
Kecha, 14:23

Yutong Toshkentga yana 200 ta elektrobus yetkazib berish bo‘yicha tenderda g‘olib chiqdi

Yutong avtobus kompaniyasi Toshkentga 200 ta yangi elektrobus yetkazib berish bo‘yicha tenderda g‘olib chiqdi. Transport vazirligi kompaniya vakillari bilan yana 1000 ta avtobus sotib olish masalasini muhokama qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting