Qarshi neft bazasi rahbari 32,7 mlrd so‘mlik debitor qarzdorlikni o‘z vaqtida hisobotlarda aks ettirmagani uchun ishdan bo‘shatildi. To‘raqo‘rg‘on neft bazasida 2 mlrd so‘mning kirim qilinmagani uchun rahbar, uning o‘rinbosari va bosh hisobchisi lavozimdan ozod qilindi.
Dubayda o‘zbekistonlik oshpaz Bahriddin Chustiy 1000 kilogrammlik mega-palov tayyorladi. Osh «EKSPO-2020» Butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekiston kuni doirasida tayyorlandi. Uni ikki mingdan ortiq kishi tatib ko‘rdi.
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida QR-kodlar va migratsiya hujjatlari savdosi bilan shug‘ullanganlikda gumonlanayotgan o‘zbekistonlik MMA jangchisi politsiyachini urib, qochib ketgan. Sportchi qidirilmoqda.
Deputatlar muhokama qilayotgan Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasiga muvofiq, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hamda aksiz solig‘i stavkalari o‘rtacha 10 foizga o‘sishi kutilmoqda.
Prezident fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunlarga qo‘shimchalar kiritishga oid qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, mahalla ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik qilganlarni aniqlashda ishtirok etadi. Bundan tashqari, endi tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar bepul davolanadi.
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes faoliyatini kengaytirish va ular uchun qulay muhitni yaratish maqsadida 100 mln dollar kredit ajratadi. Bunda kredit OTB maxsus dasturining birinchi kichik qismini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi va 20 mln dollar ekvivalentidagi mablag‘ so‘mda taqdim etiladi.
Qonunchilik palatasi majlisining Uzreport TV telekanali orqali uzatilgan jonli efiri 48 daqiqa o‘tib to‘xtatildi. Palata buni kanalda boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlanishi bilan izohladi. Prezident farmoniga asosan 1 dekabrdan quyi palata majlislari MTRK telekanallari va internet orqali jonli efirga uzatilishi kerak.
To‘palang suv omboridan Surxondaryo viloyatigacha magistral suv quvurini yotqizish loyihasining qiymati 138 mln dollar deb baholanmoqda. Hukumatning yopiq qarori bilan bosh pudratchi sifatida To’palang HPD Platinum kompaniyasi tanlangan. Kompaniya «O‘zbekgidroenergo» rahbarining o‘g‘li direktori va ta’sischisi bo‘lgan To’palang HPD Holding tarkibiga kiradi.
«Toshkent-Andijon-Toshkent» yo‘nalishida har payshanba kunlari qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Qatnov Toshkent markaziy hamda Andijon temir yo‘l vokzallaridan amalga oshiriladi.
Samarqand aeroporti 10 dekabrdan yana mintaqaviy va xalqaro reyslarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Aeroport majmuasi qurilishi esa hanuz davom etmoqda.
30 yil davomida sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlari YAIMining umumiy hajmi uch barobardan ziyodga o‘sdi. 2020 yilda O‘zbekiston real YAIM hajmi 1991 yilga nisbatan 3,4 baravarga ko‘paydi, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAIM ko‘rsatkichi 2,9 foizga oshdi. Mamlakat eksporti tarkibida paxta xomashyosi ulushi keskin qisqarib, oltin yetakchi eksport mahsulotiga aylandi.
Bosh prokuraturaning yana bir boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari fuqaroning jinoiy ishini tugatib berishni va’da qilib, undan 3 ming dollar pora olgani aytilmoqda. Unga nisbatan firibgarlik va pora berish moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bundan avval ham boshqa bir boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari pora olgani aytilgandi.
«Qo‘yliq» bozorini ko‘chirish va Toshkent viloyatida yangi savdo majmuasini qurish to‘g‘risidagi qaror 2017 yildayoq qabul qilingan edi. «Gazeta.uz» bozor ko‘chirilishi rejalashtirilayotgan Food City savdo markazi vakili bilan suhbatlashib, loyihaning boshqa tafsilotlarini ham aniqladi.
Bosh prokuratura Denovdagi portlashda terakt versiyasini rad etgani va holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atgani, Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga tashrifi, «Qo‘yliq» bozorining ko‘chishi, O‘zbkistonning Afg‘onistonga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishga chaqirig‘i, Mizdakxon maqbarasining atrofidagi yerlar yangi qabrlar uchun sotilayotgani, orzudagi Konstitutsiya va avtomobil durdonalari — «Gazeta.uz» ning 9 dekabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida quyuq tuman sababli bir yo‘nalishda oldinma-ketin ketayotgan 4 mashina va bir avtobus to‘qnashdi. YTH natijasida hech kim jarohat olmagan.
Qoraqalpog‘istonda Mizdakxon maqbarasi atrofida yangi qabrlar uchun yer sotilayotgani haqidagi xabarlarga Xo‘jayli tumani hokimligi va O‘zbekiston Madaniy meros agentligi munosabat bildirdi. Ushbu vaziyat ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilgan.
COVID-19`dan vafot etgan tibbiyot xodimlari xotirasiga G‘alaba bog‘ida xiyobon tashkil etiladi. Birinchi bosqichda jami 61 ta chinor, qayrag‘och va akatsiya daraxtlari ekiladi.
Pfizer-BioNTech kompaniyasi koronavirusning Omicron shtammidan himoya qila oladigan uchinchi doza ustida ishlamoqda. Ushbu doza bilan emlash antitanachalar himoyasini dastlabki ikki dozaga nisbatan 25 baravarga oshiradi. Pfizer mutasaddi tashkilotlar ruxsat bergach, 2022 yildan Omicron`ga qarshi 4 mlrd buster doza ishlab chiqarishni reja qilgan.
17 dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In Seulda sammit o‘tkazadi. Ular davlatlar o‘rtasida «kelajakka qaratilgan va o‘zaro manfaatli» hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlarini muhokama qilishlari kutilmoqda.
Britaniyaning Cable portali tuzib chiqqan reytingda O‘zbekiston elektr energiyasi eng arzon davlatlar o‘nligiga kirdi. Ushbu o‘nlikdan Qirg‘iziston va Tojikiston ham o‘rin olgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting