Arxiv

Olmaliqdagi oltin koni zaxiralari 5000 tonnadan oshadi — prezident
22 dekabr 2021, 21:42

Olmaliqdagi oltin koni zaxiralari 5000 tonnadan oshadi — prezident

«Muruntov» konidagi oltin zaxiralari 3 ming tonnaga yetmasa, Olmaliqdagi «Yoshlik-1» konida — 5 ming tonnadan ko‘proq, deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev. «Biz shunchalik yer osti boyliklarimiz borligini bilmagan edik. Sizlar bilmaysizlar qanchalar boy odam ekanligingizni, qanday yer osti boyliklari ustida yashayotganingizni», — dedi davlat rahbari.

Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi sotuvga qo‘yildi
22 dekabr 2021, 21:14

Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi sotuvga qo‘yildi

O‘zbekistonda yagona besh yulduzli Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi sotuvga qo‘yildi. 3,1 gektarda joylashgan 8 qavatli mehmonxonada jami 300 ta standart, lyuks va yarim lyuks xonalar, konferensiya va banket zallari mavjud. Savdo barcha uchun ochiq bo‘lishi aytilmoqda.

Yangi yil bayrami kunlari o‘zbekistonliklar 18 ta davlatga uchishi mumkin
22 dekabr 2021, 20:11

Yangi yil bayrami kunlari o‘zbekistonliklar 18 ta davlatga uchishi mumkin

Transport vazirligi hozirda 18 ta xorijiy mamlakatlar bilan muntazam aviaqatnovlar tiklangani, haftasiga 28 ta yo‘nalish bo‘yicha 144 ta parvoz amalga oshirilayotgganini ma’lum qildi.

OTBning Xovos tumaniga suv ta’minoti uchun ajratilgan 7 mln dollardan ortiq mablag‘lari talon-toroj qilingan
22 dekabr 2021, 18:12

OTBning Xovos tumaniga suv ta’minoti uchun ajratilgan 7 mln dollardan ortiq mablag‘lari talon-toroj qilingan

Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofur Mirzayev Osiyo taraqqiyot bankining Xovos tumanining 126 ming aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida ajratilgan 7 mln dollardan ortiq kredit mablag‘lari talon-toroj qilinganini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda 2021 yilda harbiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi xususiy korxonalar soni 3 barobarga oshdi
22 dekabr 2021, 17:59

O‘zbekistonda 2021 yilda harbiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi xususiy korxonalar soni 3 barobarga oshdi

2021 yilda O‘zbekistonda harbiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi xususiy korxonalar soni 3, mahsulotlar eksporti esa 1,9 barobarga ortdi. Shuningdek, 20dan ortiq turdagi harbiy va ikki maqsadda qo‘llaniladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.

Deklaratsiya to‘g‘risidagi qonun qabul qilinganidan keyin 3 oy muhlat beriladi — Akmal Burxonov
22 dekabr 2021, 17:39

Deklaratsiya to‘g‘risidagi qonun qabul qilinganidan keyin 3 oy muhlat beriladi — Akmal Burxonov

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbari farmonida tizimni 2022 yil 1 yanvaridan joriy etish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan bo‘lsa ham, katta ehtimol bilan, yil oxirigacha qabul qilinmasligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tizim baribir yangi yildan ishga tushiriladi va davlat xizmatchilariga deklaratsiyalarni tayyorlash uchun aprelgacha vaqt berish rejalashtirilgan.

Toshkentda yo‘l-transport infratuzilmasini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi
22 dekabr 2021, 15:43

Toshkentda yo‘l-transport infratuzilmasini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi

Transport vazirligi Toshkentda yo‘l-transport infratuzilmasini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasini ishlab chiqdi. Konsepsiya birinchi o‘rinda piyodalar, keyingi o‘rinlarda velotransport, shahar jamoat transporti va shaxsiy avtotransport uchun qulay infratuzilmani yaratishni ko‘zda tutadi.

Antimonopoliya qo‘mitasi Ramella krem pastasi ishlab chiqaruvchisini Nutella dizayni bilan o‘xshashliklarni bartaraf qilishga chaqirdi
22 dekabr 2021, 15:23

Antimonopoliya qo‘mitasi Ramella krem pastasi ishlab chiqaruvchisini Nutella dizayni bilan o‘xshashliklarni bartaraf qilishga chaqirdi

Shokolad pastasini ishlab chiqaruvchi Ramella kompaniyasiga iste’molchilarni chalg‘itish bilan bog‘liq qonun buzilishini bartaraf etish haqida majburiyat yuklatildi . Italiyaning «FERRERO S.p.A.» kompaniyasi tomonidan tarqalgan Nutella shokoladining mashhur brendi dizayni Ramella mahsulotining qadoqlarida ham aks ettirilgan.

«Katta-katta hokimlarni jinoiy javobgarlikka tortsangiz, sizni xurmat qilishni boshlayman». Prezident — bosh prokurorga
22 dekabr 2021, 13:23

«Katta-katta hokimlarni jinoiy javobgarlikka tortsangiz, sizni xurmat qilishni boshlayman». Prezident — bosh prokurorga

Shavkat Mirziyoyev bosh prokuror Nig‘matulla Yo‘ldoshevdan yer munosabatlari sohasidagi qonunbuzarliklar uchun yirik amaldorlarni jinoiy javobgarlikka tortishni talab qildi. «Katta-katta hokimlarni jinoiy javobgarlikka tortsangiz, men sizni xurmat qilishni boshlayman», — dedi davlat rahbari.

O‘zbekistonda 11 oy davomida 1 mln tonnadan ziyod benzin ishlab chiqarildi
22 dekabr 2021, 12:20

O‘zbekistonda 11 oy davomida 1 mln tonnadan ziyod benzin ishlab chiqarildi

O‘zbekistonda yanvar-noyabr oylarida 1 mln tonnadan ziyod benzin ishlab chiqarilgan. Shuningdek, 10 oy ichida 110,2 mln dollarlik 300 mln litrdan ortiq benzin import qilingan.

To‘rtta tumanda hokimlar almashdi
22 dekabr 2021, 12:11

To‘rtta tumanda hokimlar almashdi

Buxoro viloyatining Romitan, Samarqand viloyatining Bulung‘ur va Oqdaryo hamda Namangan viloyatining Kosonsoy tumanlariga yangi hokimlar tasdiqlandi.

Toshkentdagi Matbuot uyi sotilmaydigan bo‘ldi
22 dekabr 2021, 10:55

Toshkentdagi Matbuot uyi sotilmaydigan bo‘ldi

Poytaxtdagi Matbuot uyi («Gazeta korpusi») binosi sotuvdan olindi va u OAV, shu jumladan bosma nashrlar ixtiyorida qoldirilishi ma’lum qilindi. Bino O‘zA balansiga o‘tkazilishi mumkin. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning so‘zlari ko‘ra, ushbu masala davlat rahbarining nazoratida turibdi.

Yosh tadbirkorlarga 540 mln so‘mgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi
22 dekabr 2021, 10:35 32

Yosh tadbirkorlarga 540 mln so‘mgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi

2022−2024 yillarda maxsus o‘quv kurslarini tamomlagan va sertifikatni qo‘lga kiritgan yoshlarga 540 mln so‘mgacha kredit beriladi. Kredit foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasida, 3 yil imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga ajratiladi.

2007−2009 yillarda Tico avtomashinamda kira qilganman — Sherzod Kudbiyev
21 dekabr 2021, 23:07

2007−2009 yillarda Tico avtomashinamda kira qilganman — Sherzod Kudbiyev

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev «Toshkent yoshlar forumi — 2021» doirasidagi yoshlar bilan uchrashuvda Mehnat vazirligida ish boshlagan yillarda pul yetishmasligi sababli kirakashlik qilganini esga oldi.

Jahon yangiliklari dayjesti
21 dekabr 2021, 22:29

Jahon yangiliklari dayjesti

Chilida yangi prezident saylangani, Qirg‘izistonda ichki qo‘shinlar qo‘mondonining katta miqdordagi davlat mol-mulkni o‘g‘rilashda gumonlanib qo‘lga olingani, Pentagon 100 ga yaqin amerikalik harbiylarni ekstremistik harakatlarda ayblab hibsga olgani, Ilon Maskning 11 mlrd dollar soliq to‘lashini ma’lum qilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Qashqadaryoda chang bo‘roni vaqtida oltita avtomobil to‘qnashib ketdi
21 dekabr 2021, 22:22

Qashqadaryoda chang bo‘roni vaqtida oltita avtomobil to‘qnashib ketdi

Qashqadaryoning G‘uzor tumanida chang bo‘roni sababli uchta yuk mashinasi va uchta yengil avtomobil to‘qnashib ketdi.

21 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
21 dekabr 2021, 22:00

21 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Orol dengizining kuni kutayotgan Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi, «Shovotlandiya» kafesini yoqib yuborgani uchun butun umrga qamalgan shaxslar, changli bo‘ron kuzatilayotgan Qarshi, avtomobillarni chaqirib olayotgan UzAuto Motors, Qibrayda qariyb 14 gektar yerni 3,4 mln dollarga sotmoqchi bo‘lganlar, totalizatorlar faoliyatiga qarshi Ruslanbek Davletov, bloklangan Twitter post e’lon qilayotgan Tanzila Narbayeva, O‘zbekistonlagi rahbarlarning mutaxassisligi va karera yo‘li — «Gazeta.uz» ning 21 dekabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Aholining ayrim qatlamlariga 800 ming so‘m miqdorida bir martalik yordam ko‘rsatiladi
21 dekabr 2021, 21:12 3

Aholining ayrim qatlamlariga 800 ming so‘m miqdorida bir martalik yordam ko‘rsatiladi

Prezident qarori bilan joriy yilda «Temir daftar» ga kiritilganlar, 18 yoshga to‘lmagan farzandi bor boquvchisini yo‘qotganlar pensiyasini oluvchi oilalar hamda 18 yoshgacha bolalar uchun nogironlik nafaqasini oluvchilarga bir martalik 800 ming so‘m miqdorida moddiy yordam beriladi.

Paymart servisi muddatli to‘lov shartlarida mahsulot xarid qilishga yordam beradi
21 dekabr 2021, 20:00

Paymart servisi muddatli to‘lov shartlarida mahsulot xarid qilishga yordam beradi

Paymart hamkorlik tarmog‘ida 500 dan ortiq maishiy texnika, ofis va uy uchun, tekstil va boshqa mahsulotlarni sotadigan do‘konlar mavjud.

Qibraydagi 8 ta mahalla, 3 ta maktab va 5 mingdan ortiq turar joylar poytaxt tarkibiga o‘tkazildi
21 dekabr 2021, 18:45

Qibraydagi 8 ta mahalla, 3 ta maktab va 5 mingdan ortiq turar joylar poytaxt tarkibiga o‘tkazildi

Qibray tumanidan 8 ta mahalla, 3 ta maktab va 5 mingdan ortiq turar joylar Toshkentning Yashnobod tumani tarkibiga o‘tdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting