«Milliy tiklanish» partiyasidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov saylovchilar bilan muloqotda migrantlardan ham soliq undirish taklifini bildirdi. «Kelinglar endi yana ham vatanparvarroq bo‘laylik, migrantlar ham o‘zining solig‘ini mamlakat taraqqiyoti uchun to‘lasin», — dedi u.
TIV rahbari Abdulaziz Kamilovning ta’kidlashicha, O‘zbekiston hududida AQShning terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha qurolli kuchlarini joylashtirish imkoniyati muhokama qilinmayapti va bu masala kun tartibida ham turgani yo‘q.
«Temir daftar» va «Ayollar daftari» ga kirgan oilalar farzandlari hamda «Yoshlar daftari» dagi yoshlarga turmush qurayotganida o‘z xonadonidan qo‘shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz 30 mln so‘mgacha kreditlar beriladi. Hukumat qarori bilan kredit ajratishning tartibi belgilab berildi.
2021 yilning 9 oyi yakuni bo‘yicha, Cobalt va Nexia avtomobillari Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan avtomobillar bo‘ldi. Mamlakatda xarid qilingan mashinalarning 28,17% ushbu modellar hisobiga to‘g‘ri keladi. UzAuto Motors kompaniyaning Qozog‘iston bozoridagi avtomobillar sotuvi o‘tgan yilga nisbatan 5 barobarga oshganligini ma’lum qildi.
Graffiti, posterlar, murallar, teglar, asfaltdagi rasmlar — bularning barchasi strit-art, shahar ko‘chalaridagi san’at hisoblanadi. Ba’zilar uchun esa jamoat joylari, metro va yer osti yo‘llaridagi grafittilar vahshiylik va bezorilikka o‘xshaydi. Tasvirlar asosan biror muammoli mavzuni keng omma oldida targ‘ib qilish uchun yashirin tarzda chiziladi. Strit-art qanday kelib chiqqan, uning yo‘nalishlari, mashhur «ko‘cha rassomlari» haqida «Gazeta.uz» so‘z yuritadi.
Afg‘onistondan Amerikagacha — MSK qaysi xorijiy mamlakatlarda o‘zbekistonliklar uchun saylov uchastkalari tashkil etilishini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, xorijdagi saylovchilar diplomatik vakolatxonlarda tuzilgan uchastkalarda ro‘yxatga olinadi hamda saylov o‘tkazilish joyi va vaqti haqida xabardor qilinadi.
Politico nashrining yozishicha, AQSh Mudofaa vazirligi vakillari oktabrda O‘zbekistondagi tashrif davomida AQShning terrorizmga qarshi kurashish kuchlarini joylashtirishni muhokama qilmoqchi. Shuningdek, Afg‘onistondan AQSh harbiylari chiqib ketgach, Amerika tashqi siyosatida O‘zbekistonning o‘rni mustahkamlashgani aytilmoqda. Bunda mamlakatning Vashingtondagi elchixonasining tizimli faoliyati e’tirof etilgan.
Tashkent City bog‘iga kirish 14 oktabrdan bepul bo‘ldi. Avtotransport vositalari kirishi bundan mustasno.
Qashqadaryoda 9 oyda sodir bo‘lgan 369 ta YTH oqibatida 181 kishi vafot etgan. Shundan 31 nafari voyaga yetmagan bolalar bo‘lgan. Hududlar kesimida eng ko‘p YTHlar Qarshi shahri hamda Chiroqchi va Qarshi tumanlarida sodir bo‘lgan.
Samarqandda katta tezlikda ketayotgan Nexia haydovchisi uxlab qolishi natijasida avtomashina yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketgan. Yuzaga kelgan yong‘in oqibatida mashina salonida bo‘lgan 2 yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan.
Qashqadaryolik fuqaro Gulistonda besh kunlik chaqalog‘ini 5000 dollar evaziga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
O‘zbekistonga olib kelingan va mamlakatda ishlab chiqarilgan vaksinalar, Google va Microsoft Store operatorining O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishi, MSK — nomzodlarning saylovoldi targ‘iboti va amaldagi vazifasi aralashib ketishi haqida — “Gazeta.uz"ning 13 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida
Kuvaytda ayollarga armiyada xizmat qilishga ruxsat berilgani, Kanadaning 40 ming afg‘on qochqinini qabul qilishi, Fransiyada radioaktiv chiqindilarning Rossiyaga olib chiqilishiga qarshi namoyishlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14−15 oktabr kunlari YeOII va MDHning videoaloqa shaklidagi sammitlarida nutq so‘zlaydi.
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi binosi rekonstruksiyasi tenderida Discover Invest kompaniyasi g‘olib bo‘ldi. Loyiha qiymati 35,4 mlrd so‘mga baholanmoqda.
Google LLC va Microsoft Ireland Operations Limited kompaniyalari O‘zbekistonda soliq to‘lovchilar sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Endi xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirishda 15 foiz QQSni hisobga olish talab etiladi.
Jinoiy javobgarlikka tortish yoshi 13 yoshdan 14 yoshga oshirilishga doir qonun loyihasi qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilmoqda.
Xalqaro valyuta jamg‘armasi 2021 yilda O‘zbekiston YAIMining o‘sish suratlari bo‘yicha prognozini yaxshilab, ushbu ko‘rsatkich joriy yilda 6,1%ni tashkil etishini ta’kidladi. Jamg‘arma mutaxassislari 2022 yilda mamlakat YAIM 5,4%ga o‘sishini kutishmoqda.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 16,02 so‘mga ko‘tarilib, 10 700,03 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.
MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov nomzodlarning saylovoldi tashviqoti va amaldagi vazifasi bo‘yicha faoliyati aralashib ketmayotganligi haqida fikr bildirar ekan: «Qonun buzilishi kuzatilmayapti», — deya ta’kidladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, MSK zarur holatda o‘zining fikrlarini bildirayapti va nomzodlarning shtablari bilan ish olib bormoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting