Hozirda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufida bo‘lgan kollejlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga o‘tkaziladi. «Kollejlarning joyi shu vazirlikda, oliy ta’limda emas», — dedi prezident.
Buxoro viloyati xalq deputatlari Kengashining yig‘ilishida Botir Zaripov viloyat hokimi lavozimiga tasdiqlandi. «Buxoroning suvini ichib, changini yutib ulg‘aygan yigit viloyat sharoitini yaxshi biladi. Eng muhimi, buxoroliklarni yaxshi ko‘radi», — dedi Shavkat Mirziyoyev viloyat Xalq deputatlari kengashida.
Samarqand viloyatining Urgut tumanida hokimiyat xodimlari erkin iqtisodiy zonadan 1 gektar yerni fuqaroga berish evaziga 30 ming AQSH dollarini talab qilgani aniqlandi. Xodimlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Prezident Buxorodagi 65 mlnlik to‘qimachilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Korxonaning Buxoro, Toshkent, Samarqand va Namangan shaharlarida savdo dokonlari bor, mamlakatda yana 50 tasini ochish ko‘zlangan. Xorijdagi O‘zbekiston elchixonalari yordamida chet elda ham savdo nuqtalarini ochish reja qilingan.
Horazm va Qashqadaryo viloyatining bir qancha tumanlarida elektr ta’minoti to‘xtatildi. Uzilishlar noqulay ob-havo sharoiti tufayli kelib chiqqanligi aytilmoqda.
AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp 19 yanvar kuni Qarshi-Xonobod bazasida xizmat qilgan barcha faxriy harbiylarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida farmonni imzoladi. Ma’lum qilinishicha, ushbu zona kimyoviy qurol qoldiqlari, qayta ishlangan uran va boshqa xavfli moddalar bilan zaharlangan bo‘lgan.
Mo‘g‘uliston bosh vazirining ko‘zi yorigan ayol bilan bog‘liq janjaldan so‘ng iste’fosi, Buyuk Britaniya fuqarolari uchun Yevropa Ittifoqiga kirishga taqiq ko‘yilishi mumkinligi, AQSHning JSST va Parij iqlim kelishuviga qaytgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro tumanidagi «Buxoro Varnet» korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Korxonada o‘tgan yili qariyb 20 mlrd so‘mlik mahsulot yetishtirilib, 1 mln dollarlik eksport qilingan.
Prezident Buxoro viloyatiga safari chog‘ida Olot tumaniga tashrif buyurib, yoshlar va oilaviy tadbirkorlik uchun 21 mlrd so‘m ajratilishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, Olot-Toshkent temir yo‘l qatnovi qayta tiklanishi ta’kidlandi.
Bog‘doddagi bozorda sodir etilgan ikkita portlash natijasida halok bo‘lganlar 32, jarohatlanganlar soni esa 110 nafarga yetdi. Xudkushlardan biri o‘zini yomon his etayotgandek ko‘rsatib, atrofiga odam to‘plagan.
Qashqadaryo viloyatida bir erkak 3−4 nafar fuqarolar tomonidan vahshiylarcha qiynoqqa solindi. Erkaning qo‘l-oyog‘i bog‘liq holda, badani pichoq va issiq kapkir bilan kuydirilib, arqon bilan bo‘g‘ilgani aytilmoqda.
2020 yilda O‘zbekistonga 50,4 mln dollarlik gaz import qilingan, bu 2019 yilga nisbatan 237 marta ko‘proq. Eksport esa qiymat jihatidan 4,7 baravar kamaygan.
Sobiq aloqa vaziri, undan oldin esa tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri sifatida faoliyat yuritgan Toxir Rahimov 74 yoshida olamdan o‘tdi.
Samarqand viloyatida «Nexia-2» va «Lacetti» mashinalari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. To‘qnashuv zarbidan svetoforda turgan «Nexia» va «Cobalt» mashinalari bilan ham to‘qnashib ketgan. Hodisa natijasida jarohat olganlar yo‘q.
Davlat rahbari madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlariga oid qonunga imzo chekdi. Ushbu hujjat 29 yil deganda birinchi marotaba qabul qilinmoqda. Qonun bilan madaniyat muassasa va tashkilotlariga “Milliy” yoki “Akademik” maqomi Hukumat taqdimnomasiga binoan prezident tomonidan berilishi belgilanmoqda.
Farg‘ona viloyati Quva tumanida yashovchi 19 yoshli qiz 2020 yilning mart oyida o‘g‘irlab ketilganini ma’lum qildi. U bir oy davomida uch nafar shaxs tomonidan zo‘rlanib, nomusiga tegilganligini, ulardan biri voyaga yetmagan 16 yoshli yigit bo‘lganligini aytmoqda. Uyga qaytgach, qizning homiladorligi bilinadi va voqeadan xabar topgan otasi uni uydan haydab yuboradi. Holatni o‘rganib chiqqan tuman IIBsi bunda jinoyat alomati yo‘qligini aytib, jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSHning yangi prezidenti Jo Baydenni davlat rahbari lavozimiga kirishgani bilan tabrikladi.
2020 yilda O‘zbekiston fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlari tomonidan 291 182 ish ko‘rib chiqilgan, ularning asosiy qismini bitimlar, ajralishlar va binolarni ruxsatsiz buzish bilan bog‘liq ishlar tashkil qilgan.
Xitoy uning ichki siyosatiga aralashganlik uchun AQSH davlat kotibi Maykl Pompeoga va yana 27 nafar AQSH fuqarosiga qarshi sanksiyalar e’lon qildi.
Sergeli tumanida muqaddam sudlangan ikki nafar shaxs mast holatda avtoturargohda turgan mashinani to‘sgan. Fuqarolar o‘rtasida o‘zaro janjal yuzaga kelib, tan jarohatlari yetkazilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting