Arxiv

COVID-19 tasdiqlangan holatlar 1000 taga yaqinlashdi
13 aprel 2020, 23:54

COVID-19 tasdiqlangan holatlar 1000 taga yaqinlashdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 998 nafarga (+64) yetdi. Ularning 85 nafari sog‘aydi.

Musulmonlar idorasi Ramazonni o‘tkazish bo‘yicha bayonot berdi
13 aprel 2020, 22:49

Musulmonlar idorasi Ramazonni o‘tkazish bo‘yicha bayonot berdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi Ramazon oyini o‘tkazish haqidagi bayonotni e’lon qildi. Xususan, barcha musulmonlar taroveh namozlarini oila a’zolari bilan o‘z uylarida o‘qish hamda qarindosh-urug‘, qo‘ni-qo‘shnini yig‘ib iftor o‘tkazmaslikka chaqirildi.

Fitch O‘zbekistonning kredit reytingini saqlab qoldi
13 aprel 2020, 20:27

Fitch O‘zbekistonning kredit reytingini saqlab qoldi

Fitch O‘zbekistonning suveren reytingini barqaror prognoz bilan «BB-» darajasida saqlab qoldi. Agentlik 2020 yilda mamlakat iqtisodiyoti o‘sishi 2 foizga tushishi, biroq 2021 yilda 6,8 foizga o‘sishini taxmin qilmoqda.

Andijonda 4, Namanganda 11 nafar koronavirus bemori to‘liq sog‘aydi
13 aprel 2020, 20:07

Andijonda 4, Namanganda 11 nafar koronavirus bemori to‘liq sog‘aydi

Andijon viloyatida 4, Namangan viloyatida esa 11 nafar koronavirus bemori to‘liq sog‘aydi. Mamlakatda jami sog‘aygan bemorlar soni 85 nafarga yetdi.

Vatanparvar blogerlar guruhini tashkil etish taklif qilingan qaror loyihasi qayta ko‘rib chiqiladi
13 aprel 2020, 19:39

Vatanparvar blogerlar guruhini tashkil etish taklif qilingan qaror loyihasi qayta ko‘rib chiqiladi

Ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalardan so‘ng IIV vatanparvar blogerlar guruhini tashkil etish haqidagi taklif o‘rin olgan prezident qarori loyihasi qayta ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi. Yangi qaror loyihasi kelishish uchun mutasaddi idoralarga kiritiladi.

Koronavirus bemorlari soni yana oshdi
13 aprel 2020, 19:19

Koronavirus bemorlari soni yana oshdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan holatlar soni 934 taga yetdi.

Namanganda koronavirusga chalingan kassirning 6 ta mahallaga pul tarqatgani rad etildi
13 aprel 2020, 19:03

Namanganda koronavirusga chalingan kassirning 6 ta mahallaga pul tarqatgani rad etildi

Namanganda koronavirusga chalingan kassirning 6 ta mahallaga pul tarqatgani haqidagi xabarlar rad etildi. Ijtimoiy tarmoqlarda videoyozuv orqali bu haqda ma’lum qilgan IIB xodimi esa ishdan bo‘shatildi.

Koronavirus oqibatlarini yumshatish uchun yana 100 mln dollar jalb etiladi
13 aprel 2020, 18:44

Koronavirus oqibatlarini yumshatish uchun yana 100 mln dollar jalb etiladi

Pandemiya oqibatlarini yumshatishga yana 100 mln dollar jalb qilinadi. Ushbu mablag‘larning katta qismi nafaqa oluvchi kam ta’minlangan, 14 yoshgacha farzandi bo‘lgan kam ta’minlangan oilalar sonini oshirish hamda bandlik markazlaridan ro‘yxatdan o‘tgan ishsiz fuqarolarga ishsizlik nafaqasini to‘lashga yo‘naltiriladi.

Tojikistondagi O‘zbekiston fuqarolarining vizalari uzaytiriladi
13 aprel 2020, 18:14

Tojikistondagi O‘zbekiston fuqarolarining vizalari uzaytiriladi

Tojikistonda vaqtincha bo‘lib turgan xorijiy mamlakatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning viza hamda ro‘yxatda turish muddatlari epidemiologik vaziyat barqarorlashgunicha uzaytiriladi.

Amsterdamda 10 metr balandlikdan qulab tushgan o‘zbekistonlik akrobat sog‘aymoqda
13 aprel 2020, 17:00

Amsterdamda 10 metr balandlikdan qulab tushgan o‘zbekistonlik akrobat sog‘aymoqda

Amsterdam teatridagi chiqishi paytida o‘n metr balandlikdan qulab tushgan o‘zbekistonlik havo gimnastikachisi Kristina Vorobyova sog‘aymoqda. Biroq salomatligining to‘liq tiklanishi uchun yana ikki yil kerak bo‘ladi.

O‘zbekistonda naqd pul muomalasi qisqartiriladi
13 aprel 2020, 16:41

O‘zbekistonda naqd pul muomalasi qisqartiriladi

O‘zbekistonda koronavirus sababli naqd pul muomalasini qisqartirish choralari ko‘rilmoqda. Jumladan, barcha turdagi korxona va tashkilotlarda oylik ish haqi hamda pensiyalarning to‘liq bank kartalari orqali to‘lanishi belgilandi.

Farg‘onada davolanayotgan ikki bemor koronavirusdan tuzaldi
13 aprel 2020, 16:24

Farg‘onada davolanayotgan ikki bemor koronavirusdan tuzaldi

Farg‘ona viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida ham koronavirus infeksiyasiga chalingan 2 nafar bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Mamlakatda koronavirus infeksiyasidan jami 70 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.

Qashqadaryoda ham ikki koronavirus bemori sog‘aydi
13 aprel 2020, 16:03

Qashqadaryoda ham ikki koronavirus bemori sog‘aydi

Qashqadaryoda ikki nafar koronavirus bemori, jumladan 8 yoshli bola to‘liq sog‘aydi. Respublika bo‘yicha jami tuzalish holatlari 68 taga yetdi.

Gender komissiyasining ishonch telefoni yo‘lga qo‘yildi
13 aprel 2020, 15:00

Gender komissiyasining ishonch telefoni yo‘lga qo‘yildi

10 apreldan boshlab xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish maqsadida «Ishonch telefoni» xizmati yo‘lga qo‘yildi.

Tuproqqal’a tumani hokimligi tashkil etildi
13 aprel 2020, 14:11

Tuproqqal’a tumani hokimligi tashkil etildi

Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal’a tumani hokimligi tashkil etildi. Tumanning butun hududi uchun «Hazorasp» EIZ imtiyoz va preferensiyalari amal qiladi.

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari keskin qisqarmoqda
13 aprel 2020, 13:34

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari keskin qisqarmoqda

O‘zbekistonga jo‘natilgan pul o‘tkazmalari aprelning dastlabki 8 ish kunida mart oyining mos davriga nisbatan 3 barobarga qisqargan. Mart oyida eksport tushumlari 10 foizga kamaygan. Markaziy bank izohiga ko‘ra, shu va boshqa sabablar AQSH dollarining so‘mga nisbatan almashuv kursi oshishiga olib kelmoqda.

Yomg‘ir yog‘ishi hafta o‘rtasigacha davom etadi
13 aprel 2020, 13:02

Yomg‘ir yog‘ishi hafta o‘rtasigacha davom etadi

Yomg‘ir yog‘ishi hafta o‘rtasigacha davom etishi kutilmoqda. Ushbu kunlarda kunduzgi harorat +13…+18 daraja atrofida bo‘ladi.

OPEK va Rossiya «neft urushi»ga barham berdi
13 aprel 2020, 12:34

OPEK va Rossiya «neft urushi»ga barham berdi

OPEK tashkilotiga a’zo davlatlar hamda a’zo bo‘lmagan OPEK+ guruhi davlatlari tarixiy bitimga ko‘l qo‘ydi. 1 maydan 30 iyungacha neft qazib olish kuniga 9,7 mln barrelgacha kamaytiriladi. 2022 yilga qadar bu ko‘rsatkichni 5,8 mln barrelgacha qisqartirish rejalashtirilmoqda. Bu safar Meksika ham bitimga qo‘shildi.

IIV vatanparvar blogerlar virtual guruhini tashkil etishni taklif qildi
13 aprel 2020, 12:26

IIV vatanparvar blogerlar virtual guruhini tashkil etishni taklif qildi

IIV Yoshlar ittifoqi a’zolari, TATU talabalari va ko‘ngilli yoshlardan vatanparvar blogerlar virtual guruhini tashkil etishni taklif qildi. Bu guruh ijtimoiy tarmoqlardagi salbiy fikrlarni aniqlab, ularga qarshi murosasizlik muhitini yaratish bilan shug‘ullanadi. Yoshlar ittifoqi ushbu loyihani ishlab chiqishga mutlaqo aloqasi yo‘qligi, va bu bandni loyihadan chiqarib tashlashni so‘ragan.

Samarqand davlat tibbiyot universiteti tashkil etilishi mumkin
13 aprel 2020, 11:30

Samarqand davlat tibbiyot universiteti tashkil etilishi mumkin

Samarqand davlat tibbiyot instituti negizida tibbiyot universiteti tashkil etilishi mumkin. Samarqand viloyati salomatlikni tiklash shifoxonasi negizida Reabilitologiya va sport tibbiyoti ilmiy tadqiqot instituti tashkil etilishi kutilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting