Toshkent IIBB xodimlari tomonidan ikki kun davomida o‘tkazilgan tekshiruvlarda fuqarolardan 224 ta pichoq, shuningdek, to‘qmoqlar, metall sim va tayoqlar, pnevmatik to‘pponcha olib qo‘yildi.
Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi Sirdaryo viloyatida 1,5 GVt quvvatga ega issiqlik elektr stansiyasini barpo etadi. Kompaniya qurilish uchun tanlangan maydonchada tuproqni o‘rganishni boshlab yubordi.
Yangi tashkil etilgan tumanga soliq, prokuror va IIB rahbari tayinlandi. Shuningdek, tumanga yangi hokim ham saylangan.
Fevral oyining dastlabki 10 kunida O‘zbekistonda 126 ta YTH qayd etilgan bo‘lib, ularda 41 kishi halok bo‘ldi, 136 kishi jarohatlandi.
Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov YeOII va JSTga a’zo bo‘lishni taqqoslamaslikka chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, har ikkala tashkilotga a’zolik bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda, barcha ijobiy va salbiy tomonlar o‘rganilmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi ommaviy sportni xalq orasida keng targ‘ib qilish bo‘yicha rejalarini ma’lum qildi. Vazir o‘rinbosari Nodir Murodov rejadagi ishlar uchun davlat byudjetidan pul ajratish maqsadga muvofiqligini ta’kidladi. Ammo vazirlik byudjet mablag‘iga qaram bo‘lib qolmaslikka intiladi.
Shanba kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo haroratining pasayishi, shamol tezligining kuchayishi, yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda. Yakshanba kuni esa yog‘ingarchiliklar tinib, kunduzi harorat iliydi.
Andijon viloyatida Nexia yo‘l chetida to‘xtab turgan ZIL yuk mashinasi ostiga kirib ketdi. Pachoqlanib ketgan yengil avtomobil ichida hech kim tirik qolmadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev iyun oyining ikkinchi yarmida Rossiyaga tashrif buyuradi. Tashrif dasturidan hududlar va rektorlar o‘rtasidagi navbatdagi forumlar, media-forum va boshqa tadbirlar ham o‘rin olgan.
O‘tgan yili Buxoro viloyatida «Qizil kitob»ga kiritilgan 2 bosh jayronni ovlagan 5 nafar fuqaroga 66,9 mln so‘m zararni qoplash va 3 yildan 4 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi belgilandi.
Uch yil ichida qurilish sohasida 119 nafar ishchi mehnat faoliyati davomida vafot etdi. Davlat mehnat inspektori Nozima Sulaymonova ish payti jarohat olgan xodim yoxud vafot etgan ishchining oilasiga moddiy yordam ko‘rsatish tartibini tushuntirdi.
Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati hamda Davlat xavfsizlik xizmati rahbarlari ishtirokida Davlat chegaralarini qo‘riqlash va himoya qilish samaradorligi masalalari muhokama qilindi.
Uzbekistan Airways uchuvchilar va bort kuzatuvchilari uchun yangi xizmat libosini joriy etmoqda. Bort kuzatuvchilari qiyofasi 15 yil ichida ilk bor o‘zgarmoqda.
Toshkentdagi uchta OTMda tajriba tariqasida masofaviy ta’lim joriy etiladi. Ular yakunlari bo‘yicha tajribalar boshqa oliy ta’lim muassasalarida ham joriy etiladi.
O‘zbekistonda kamida beshta rezident aviakompaniya tashkil etish rejalashtirilmoqda. Hozirda to‘rtta, jumladan, Lyuksemburgning Luxaviation aviakompaniyasi bilan muzokaralar olib borilmoqda.
Andijon viloyatida yuk poyezdi o‘smir qizni urib yubordi, uning ahvoli o‘ta og‘ir darajada.
«Bo‘rijar» kanalida taxminan 45−50 yoshli noma’lum ayol kishining jasadi topildi. Jasadning tanasida zo‘ravonlik izlari yo‘q.
Orol dengizi qurishi oqibatlarini bartaraf etish hamda sayyohlar sonini ko‘paytirishga qaratilgan «My garden in the Aral Sea» agro va ekoturizm loyihasi amalga oshiriladi.
Beruniy tumanida yo‘l sirpanchiq bo‘lgani uchun qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan Matiz avtomobili MAN yuk mashinasiga to‘qnashdi. To‘rt kishi halok bo‘ldi, uchi kishi jarohatlandi.
Toshkentda yo‘l o‘rtasida Jan-Klod Van Dammning «Kikboksyor» filmi qahramoni raqsini ijro etgan yigit 223 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting