Senat raisi daraxt va butalarni noqonuniy kesish bilan bog‘liq holatlarni faqatgina OAV xodimlari, blogerlar ko‘tarayotganini, bu bo‘yicha Ekologik partiyaning tashabbusi ko‘rinmayotganini bildirdi.
Toshkent shahar hokimligi hamda Turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan tashkil etilgan «Magic Tashkent» shou festivali bo‘lib o‘tdi.
Senatorlar Andijon viloyatining Bo‘z tumani nomini Bo‘ston tumani deb o‘zgartirish taklifi bo‘yicha masalani ko‘rib chiqdi va ma’qulladi.
Tadbirkorlar bilan tashkil etilgan uchrashuvlar va yaqindan yordam berilishi natijasida 6 000 dan ortiq tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyati qayta tiklandi. Viloyatdagi tadbirkorlik sub’ektlarining soni 52 900 dan ortdi.
Senat yalpi majlisida Namangan va Andijon viloyatining ayrim shahar va tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Yengil vaznda UFC chempioni Habib Nurmagomedov 23 noyabr kuni O‘zbekiston tarixida ilk bor o‘tkaziladigan o‘tkaziladigan MMA turniri — GFC20da qatnashadi.
Toshkent xalqaro aeroportiga xorijdan uchib kelgan fuqaroning yuklari orasidan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 1 dona uchuvchisiz uchish qurilmasi borligi aniqlandi.
Bokuda Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tadigan Turkiy tilli hamkorlik kengashi sammitida O‘zbekiston tashkilotning to‘la huquqli a’zosi deb e’lon qilinadi.
O‘zbekiston Grenada — Karib dengizidagi orol-davlat bilan diplomatik aloqalarni o‘rnatdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda MDH sammitida O‘zbekistonning 2020 yilda Hamdo‘stlikka raisligida e’tibor qaratiladigan ustuvor vazifalarni sanab o‘tdi.
Samarqandda uchta maktabgacha ta’lim tashkilotining 12 nafar tarbiyalanuvchisi ovqatdan zaharlandi. Har uchoviga ham bitta autsor oziq-ovqat yetkazib bergan.
Toshkentdagi Qatortol savdo majmuasida o‘tkazilgan xronometraj ko‘zdan kechirish tadbirlari davomida kunlik tushum oldingi kunlarga qaraganda 3 barobarga, «O‘rikzor» bozorida esa 2 barobarga oshdi.
Podpolkovnik Bahrom Zulfiqorov mudofaa vazirining matbuot kotibi — axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.
Nurota, Qo‘shrabot va Zomin tumanlari yer osti suvlari zaxiralari qisqargani sababli ulardan tejab foydalanishga o‘tadi.
Senatorlar yangi tahrirdagi Markaziy bank to‘g‘risidagi qonunni ma’qullab, uning maqsadlari va vazifalarini kengaytirdi. Markaziy bank endilikda Senatga hisob beradi.
Qarshidagi tug‘uruq majmuasida ta’magirlik holati aniqlanib, bosh vrachi, uch shifokor va hamshira vazifasidan ozod qilindi.
Toshkentdagi «O‘zbekiston» sport majmuida boshlangan sambo bo‘yicha jahon chempionatida 50 dan ziyod davlatdan sambochilar qatnashmoqda.
Prezident qaroriga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan boshlab qator tayyor mahsulotlarning import boji stavkalari ko‘tariladi.
1 yanvarda joriy etilgan qimmatbaho chet el avtomobillari importidagi imtiyoz 2020 yildan bekor qilinadi. Dvigatel hajmiga ko‘ra hisob-kitob qilish tartibi qaytmoqda.
Transport vaziri o‘rinbosari Germaniyadagi xalqaro ko‘rgazma doirasida Myunxen xalqaro aeroportining boshqaruvchi direktori Ralf Gaffal bilan muzokaralar olib bordi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting