Respublika bo‘yicha 2018 yilda 1561 nafar turli toifadagi mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Fuqarolari O‘zbekistonga kirish elektron vizalarini olishi mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxati 76 taga kengaytirildi. Ko‘p martalik elektron vizalar joriy etiladi.
O‘zbekiston chet elliklar uchun yangi viza toifalarini — Vatandosh, Student visa, Academic visa, Medical visa va Pilgrim visa joriy etadi.
Prezident tasdiqlagan turizmni rivojlantirish konsepsiyasida ichki va xalqaro aviaqatnovlar, temir yo‘l va avtomobil tashuvlarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
1 martdan O‘zbekistonda tasvirga olishni taqiqlovchi belgi yo‘q har qanday joyda foto va videotasvirga olishga ruxsat beriladi.
O‘zbekistonda mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatishda propiska va nikoh guvohnomasi talab qilinmaydi.
FVV is gazi nimasi bilan xavfli ekani va undan zaharlanmaslik uchun zarur choralar haqida ma’lumot berdi.
Toshkentda arzon uylar sotib olish va qurishga kredit ajratishga ixtisoslashgan «Poytaxt bank» Markaziy bank litsenziyasiga ega bo‘ldi.
Yanvar-fevral oylarida Toshkent avtobus saroylari 60 da ortiq MAN va SAZ LE 60 avtobuslariga ega bo‘ladi.
Yangi yildan Toshkentda xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish boshlandi. Viloyatlarda rasmiylashtirish ishlari dushanba kunidan boshlanishi lozim.
JIEBB huzuridagi ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarga mas’ul hisoblangan Probatsiya xizmatiga boshliq tayinlandi.
Elektrotexnika sanoatining eksport salohiyatini yanada rivojlantirish va oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.
5 yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklarida ilk marotaba 24 ta terma jamoa qatnashayotgan futbol bo‘yicha Osiyo kubogi start oladi.
O‘zbekistonda monopoliyaga qarshi mustaqil alohida organ tashkil etish rejalashtirilmoqda.
«El-yurt umidi» jamg‘armasining dasturlari bo‘yicha kadrlarni o‘qitishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida prezident qarori qabul qilindi.
Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan abituriyentlar uchun OTMga kirishda alohida kvotalar ajratish taklif etilmoqda.
Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida yashagan B.Sh.ning uyida sodir bo‘lgan yong‘in natijasida xonadon egasi vafot etdi.
Farg‘onada viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga, shahar, tuman tibbiyot birlashmalariga xizmat avtomashinalari topshirildi.
«Sirdaryo» chegara bojxona posti orqali 30 xil turdagi, jami 48 dona parfyumeriya mahsulotlarini olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs fosh etildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri 2019 yilda O‘zbekistonda oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 20 foizga yetkazilishini bildirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting